Uyfalushi “Galatasaroy” klubi sport direktori bo'ldi

Tolibjon Qosimov
20 dek 2013, 11:56
Dekabr oyining boshida faolitini yakunlaganini e'lon qilgan chexiyalik sobiq futbolchi Tomash Uyfalushi, “Galatasaroy” klubi sport direktori bo'ldi, deb xabar beradi Sport Mediaset.

Istambul klubi tarkibida 35 yoshli futbolchi 2011 yildan 2013 yillar mobaynida o'ynagan va ikki karra Turkiya chempioni bo'lgan. Uyfalushining “Galatasaroy” bilan tuzgan shartnomasi 2014 yilning 31 mayigacha mo'ljallangan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru