Uilyams "Atletik" rahbariyatga "Barselona"ga o'tmoqchi ekanini aytdi

Administrator
25 iyun 2025, 01:30
Basklar Nikoning ketishiga to'sqinlik qilmasligini, ammo uning to'liq tovon puli - 62 million evroni talab qilishini aytishgan.

Niko Uilyams "Barselona" safiga o'tishga qaror qilgan. El Chiringuito jurnalisti Edu Velaskoning xabar berishicha, qanot o'yinchisi "Atletik"ka Kataloniya klubiga o'tish istagini ma'lum qilgan. Basklar 22 yoshli ispaniyalik futbolchining ketishiga qarshilik ko'rsatmoqchi emas, biroq "Barselona"dan Nikoning tovon pulining to'liq miqdori - 62 million evroni olishni xohlashmoqda.

Uilyams yakunlangan La Liga mavsumida 29 ta o'yinda 5 ta gol urgan va 5 ta golli uzatma bajargan.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: El Chiringuito TV