Uilshir faoliyatini MLS'da davom ettirishi mumkin

Alisher
26 okt 2020, 12:47
"Vest Xem" va "Arsenal" sobiq yarim himoyachisi Jek Uilshir faoliyatini okean ortida davom ettirishi mumkin.

"Vest Xem" 28 yoshli xavbek bilan shartnomani bekor qilish borasida kelishuvga erishgandan so'ng uning italyan yoki ispan klublariga yo'l olishi taxmin qilingandi.

O'yinchi ayni damda MLS'da to'p tepish uchun variantlarni qidirmoqda.

Uilshir o'tgan mavsum "Vest Xem" tarkibida 10ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Sun