Uilfrid Zaxaga kutilmagan xaridor paydo bo'ldi

Mirjalol Normatov
8 iyul 2018
"Kristal Pelas" forvardi Uilfrid Zaxa faoliyatini Bundesligada davom ettirishi mumkin.

"Bild" xabariga ko'ra, uning xizmatlariga Dortmundning "Borussiya"sidan qiziqishlar bo'lmoqda. Uning "arilar" safiga o'tishini bosh murabbiy Lyusen Favrning o'zi istamoqda.

Zaxa "burgutlar" bilan shartnomasini uzaytirishni rad qilgan. U jamoasini o'zgartirish niyatida bo'lib yuribdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Bild