Ugo Sanches "Real" olib kelishi kerak bo'lgan futbolchini aytdi

Mirjalol Normatov
28 dek 2019, 20:42
"Real"ning sobiq futbolchisi Ugo Sanchesning aytishiga ko'ra, klub "Tottenxem"dan Xarri Keynni sotib olishi kerak.

"Real"ga 9-raqam uchun ikki nafar futbolchi kerak. Keynning o'yinlarini ancha vaqtdan buyon kuzatib boraman. Uni hattoki 200 million evroga ham sotib olgan bo'lardim. Ronaldu ham qimmat, ammo u "Real"ga nimalar berib ketganini izohlash shart emas.

Yovich ham yaxshi hujumchi, ammo "Real"ga duyoning eng kuchli hujumchilari kerak. Xarri esa shundaylardan biri.

Futbolda eng qiyin ishlardan biri - gol urish. 6-7 nafar futbolchini 300 million evroga sotib olish mumkin, ammo ularning gol urib ketishiga kafolat berib bo'lmaydi. Shu boisdan Keyn uchun 200 million berardim.

Keynni Mbappe bilan tenglashtirish xato. Xarri - Ronalduning o'rinbosari. Mbappe yoki Neymar esa umuman boshqa tipdagi futbolchilar", - dedi Sanches.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal