Messi Ugo Sanches natijasini takrorladi

17 iyun 2020, 09:51
Leo “Leganes”ga qarshi La Liganing 29-turida penaltidan gol urishga erishdi.

Natijada Leo Messi La Ligada aniq amalga oshirilgan penaltilar soni bo'yicha Ugo Sanchesga yetib oldi. Endilikda Sanches va Messi hisobida penaltidan urilgan 56 tadan gol bor. Oldinda faqat “Real” sobiq hujumchisi Krishtianu Ronaldu bor. Ronaldu La Ligada penaltidan 61 ta gol urgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta