Ugo Loris 15 ming funtga qo'riqchi it sotib oldi

Francuz uyini qo'riqlashga qaror qildi.

“Tottenxem” posboni Ugo Loris ovcharka zotli it sotib oldi. Darvozabon uy hayvoni uchun 15 ming funt to'lagan. Loris undan uyini qo'riqlashda foydalandi.

Ma'lum bo'lishicha, Angliyada IQ’si baland itlarni sotish bilan shug'ullanadigan mashhur kompaniya bor. Pol Pogba va Jeymi Vardi ham ushbu kompaniyadan it sotib olgan. Ugo esa ularning navbatdagi mijozi bo'lgan.


Manba: The Sun