"Ufa" Armaniston klubiga mag'lub bo'ldi. O'runov zaxiradan bahsga qo'shildi

11 fev 2020, 21:42
Tarkibiga hamyurtimiz Oston O'runov borib qo'shilgan Boshqirdistonning "Ufa" klubi RPLda yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalanib, mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlikni Kiprda olib bormoqda.

Bugun "Ufa" Armanistonning "Ararat" klubiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushib imkoniyatni boy berdi (1:2). Hamyurtimiz ikkinchi bo'lim avvalida bahsga qo'shildi va hakamning yakuniy hushtagi chalinguniga qadar o'ynadi.

Nazorat o'yini

Larnaka, Kipr

Ufa (Rossiya) – Ararat (Armaniston) – 1:2 

Gollar: 0:1 – Lima (8), 1:1 – Bizyak (57), 1:2 – Otubanjo (81).

"Ufa": Belenov (Shafinskiy, 71), Suxov (Emelyanov, 68), Tabidze (Pucko, 46), Nedelcharu (Nikitin, 71), Yokich, Aliev (Alikin, 71), Karp (Giorgobiani, 90), Golubev (Pozdnyakov, 82), Till (O'runov, 46), Krotov (Sysuev, 73), Bizyak.

Avvalroq Oston O'runov rasman boshqirdistonliklar safiga qo'shilgani haqida ma'lum qilgandik.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia