“Ufa” “Anji” darvozasiga javobsiz 3ta to'p kiritdi

Aziz Tukhtamuradov
6 avg 2018, 23:57
Rossiya Premer-ligasining 2-turidan o'rin olgan yana bir uchrashuv bo'lib o'tdi.

Unda “Ufa” jamoasi o'z maydonida Maxachqalaning “Anji” klubini qabul qilib, yirik 3:0 hisobida g'alaba qozondi. Vanek dublga erishdi. Mehmonlar safida Doston Hamdamov maydonga tushmadi. 

Xabar berganimizdek, Hamdamov O'zbekiston olimpiya terma jamoasining Toshkentdagi yig'iniga yetib kelgan. Doston Ravshan Haydarov jamoasi tarkibida Osiyo o'yinlariga yo'l oladi. 

Rossiya chempionati. 2-tur

Ufa – Anji 3:0 (1:0, 2:0)

Gollar: 1:0 – 3 Igboun, 2:0 – 87 Vanek, 3:0 – 89 Vanek.

Ufa – Belenov, Pucko, Alikin, Tabidze, Suxov, Salatich (Karp, 62), Zaseev, Yokich (Krugovoy, 90), Oblyakov (Vanek, 70), Paurevich, Igboun.

Anji – Dyupin, Tetrashvili, Chanselor, Belorukov, Udalyy, Gigolaev, Ondua (Anton, 46), Rabiu, Kulik, Ponse (Axyadov, 71), Muhammad (Markelov, 46).

Ogohlantirish: Belorukov (38).

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif