

Uchrashuvning 90+4-daqiqasida mehmonlar hujumchisi Ueyn Runi gol urib hisobni tenglashtirdi. Bu gol Runi uchun MYU libosidagi 250-gol bo'ldi. Shu tariqa, hujumchi "qizil iblislar"ning afsonasi bo'lgan Ser Bobbi Charltonning natijasini yangiladi. Sobiq futbolchi MYU safida 758ta o'yinda 249ta gol urib klubning barcha davralar to'purarlari ro'yxatini boshqarib borayotgan edi.




