Ueyn Runi Angliya terma jamoasining eng yaxshi o'yinchisi kimligini aytdi

Administrator
9 okt 2024, 00:15
Sobiq futbolchi terma jamoa futbolchilari haqida gapirdi.

Angliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Ueyn Runi termadagi eng kuchli o'yinchi kim degan savolga javob berdi.

"Menimcha, Angliya termasining eng yaxshi o'yinchisi – Fil Foden. Bilaman, u ushbu mavsum "Man Siti" tarkibida kam o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqda. Lekin Foden yaxshi formada bo'lsa, u termaning eng kuchli o'yinchisi. 

Koul Palmer "Chelsi"ga kelganidan buyon juda zo'r harakat qilmoqda. Jud Bellingemni ham takidlash joiz. Lekin baribir Fil Foden eng yaxshisi. Uni kuzatish menga zavq beradi", -deydi Ueyn Runi. 

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: BeIN Sports