Uesli Sneyder: "Biz uchinchi o'rindan ko'prog'iga loyiq edik"

Aziz Tukhtamuradov
13 iyul 2014, 10:00
Gollandiya termajamoasi a'zosi Uesli Sneyder Braziliyaga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Yarim finalda bir oz omadimiz kelmadi. Biz bundan ham ortig'iga munosib edik. Uchinchi o'rin bilan tabriklayman. Biz o'yin so'nggigacha g'alaba ruxini saqlab qoldik", - deydi Sneyder.

Eslatib o'tamiz, Sneyder o'yindan oldin bo'ladigan mashg'ulotlarda  jarohat olgani sababli o'yinda ishtirok eta olmadi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru