Uelslik futbolchi to'p yuziga tekkan boladan uzr so'radi (foto)

Aslanov Jasurbek
7 sen 2016, 11:33
Uels terma jamoasi 5 sentyabr kuni Moldovaga qarshi JCH-2018 saralash uchrashuvi o'tkazdi.

Bahs 4:0 hisobida uelsliklarning g'alabsi bilan yakunlandi. G'olib jamoa himoyachisi Jeyms Kollins ushbu bahsda o'zi istamagan holda 6 yoshli Rayan Evansni to'p bilan nishonga oldi. Futbolchi o'yin yakunlanganidan so'ng bolakaydan uzr so'radi va unga Uels terma jamoasi hujumchisi Garet Beylning futbolkasini sovg'a qildi.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: 101greatgoals