
"Qizil kartochka adolatli qaror bo'ldi. Raqib qarshi hujumga ketayotganini ko'riboq, uni to'xtatishga urindim, ammo vaziyatni noto'g'ri baholabman.
To'g'risini aytganda, juda qo'pol o'ynadim. Men shunchaki oyoq qo'moqchi edim, ammo raqib futbolchisi to'pni uzoqroqqa tashladi, natijada juda qo'pol o'ynadim. Hakam meni chetlatib to'g'ri qildi.
O'z jamoadoshlarim oldida kechirim so'radim. O'ylashimcha, o'sha vaziyatda nohaq ekanimni hamma tushundi. 10 kishi bo'lib o'ynash doimo qiyin bo'lgan, ayniqsa raqib "Vest Xem" kabi to'pni jarima maydonchasiga tashlasa. Jamoadoshlarim o'yin oxirigacha g'alabani ushlab qolganidan xursandman" - deydi Runi.