UEFA yoshlar ligasi yarim finaliga qur'a tashlandi

Aslanov Jasurbek
15 apr 2016, 14:00
Kecha UEFA yoshlar ligasi yarim finaliga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

"Real" chorak final bosqichida "Benfika"ni mag'lub etdi, "Anderlext" esa "Barselona" yoshlariga imkon qoldirmadi. PSJ turnirning 1/4 finalida "Roma"ni, "Chelsi" esa "Ayaks"ni taslim etdi.

Qur'adan so'ng juftliklar quyidagicha ko'rinish oldi:

"Real" - PSJ

"Chelsi" - "Anderlext"

Bugun ushbu bosqich o'yinlari bo'lib o'tadi. Final bahsi esa 18 aprel kuni Shveytsariyaning Non shahrida o'tkazilishi rejalashtirilgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia