UEFA Superkubogi uchun o'yinda “Real” darvozasini Kasilyas qo'riqlaydi

Narzulla Saydullayev
2 avg 2014, 19:29
“Sevilya”ga qarshi UEFA Superkubogi uchun o'yinda “Real” darvozasini Diego Lopes emas, balki Iker Kasilyas qo'riqlaydi.
Bu haqda Karlo Anchelotti malum qildi.

UEFA Superkubogi uchun bahs 12 avgust kuni Uels poytaxti Kardiff shahridagi “Kardiff Siti” stadionida bo'ladi. Bu o'yinda “Real” Chempionlar Ligasi g'olibi, “Sevilya” esa Yevropa Ligasi g'olibi sifatida ishtirok etadi.

O'tgan mavsumda Chempionlar Ligasida Kasilyas asosiy darvozabon bo'lgan, Ispaniya chempionatida esa – Lopes.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.com