UEFA Superkubogi. "Real" - "Atletiko" uchrashuvini boshqaradigan hakamlar ma'lum qilindi

Mirjalol Normatov
2 avg 2018, 20:25
UEFA Yevropa Superkubogi doirasida "Real" va "Atletiko" jamoalari o'rtasidagi bahsni boshqaradigan hakamlar nomini ma'lum qildi.

Maydonda bosh hakam sifatida polshalik Shimon Marchinyak ishlaydi. Unga qanotlara Pavel Sokolnickiy va Tomash Listkevich yordam beradi. Qo'shimcha hakamlar sifatida Pavel Rachkovskiy va Tomash Musyal ishlaydi. Zaxiradagi hakam - Radoslav Seyka.

"Real" - "Atletiko" uchrashuvi 15 avgust kuni Tallinda bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/uefa