UEFA "Roma"ni jarimaga tortdi

Aslanov Jasurbek
20 iyul 2018, 20:45
UEFA tartib-intizom qo'mitasi "Liverpul"ga qarshi Chempionlar ligasi 1/2 final uchrashuvi bo'yicha "Roma"ga 19 ming evro jarima qo'lladi.

Bunday qarorga "Roma" muxlislarining pirotexnikadan foydalanishi, o'yinning keraklicha tashkillashtirilmagani, zinali yo'lakchalar yopilishi va Rim klubi prezidenti Jeyms Palottaning o'zini nomunosib tutishi sabab bo'ldi.

Bundan tashqari, Palotta 3 oyga evrokubok o'yinlari paytida o'z vazifasidan chetlatildi. Prezident texnik zonada, tribunaosti yo'lakchasida, "Roma" kiyinish xonasida bo'lishi mumkin emas. Jazo Italiya jamoasining evrokubok o'yinlaridagi ilk o'yinidan boshlanadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UEFA