UEFA prezidenti: "Chempionlar ligasi o'yinlari 2024 yilgacha Yevropadan tashqarida o'tkazilmaydi"

Aslanov Jasurbek
31 avg 2018, 17:12
UEFA prezidenti Aleksander Cheferinning takidlashicha, Chempionlar ligasi o'yinlari 2024 yilgacha Yevropa ichida o'tkaziladi.

"Bir kun Chempionlar ligasi finali Nyu-Yorkda o'tishi mumkinligi haqidagi savolga "Nega endi yo'q?" deb javob berdim. Ko'pchilik buni UEFAning tasdiqlangan rejasi sifatida qabul qildi. 2024 yilgacha hech narsa o'zgarmaydi va Chempionlar ligasi o'yinlari faqat Yevropada o'tkaziladi.

Ispaniya chempionati borasida to'xtaladigan bo'lsak, o'yinlarni AQSHda o'tkazish uchun LaLiga Ispaniya federatsiyasi, UEFA va AQSH futbol federatsiyasi hamda KONKAKAF bilan kelishib olishi lozim. Bu g'oyaga qarshi emasman, ammo ushbu rejani hamma tasdiqlashi kerak edi" - deydi Cheferin.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ТАСС