UEFA “Lion” - SSKA o'yini yuzasidan ish ochdi

Aslanov Jasurbek
19 mar 2018
UEFA tartib-intizom qo'mitasi Yevropa Ligasi 1/8 final javob uchrashuvi doirasidagi “Lion” - SSKA o'yini yuzasidan ish ochdi.

Lion shahrida o'tgan o'yinda muxlislar tomonidan tartibsizliklar yuzaga keltirilgandi. Bu bilan bir nechta reglament bandlarining buzilish holatlari aniqlangan edi. 

O'sha o'yinda “Lion” Moskva armiyachilariga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ygandi. Francuzlar Moskvadagi o'yinda zafar quchishganiga qaramay, o'z maydonlarida ko'proq gol o'tkazib yuborganliklari uchun kurashni to'xtatishgandi. 

“Lion” muxlislari mag'lubiyatni hazm qila olmay, maydonga turli buyumlar uloqtirib, pirotexnika vositalaridan foydalanishgandi. Bundan tashqari mehmon futbolchilariga nisbatan irqchilik munosabatida bo'lishgandi. UEFA bu ishni 31 may kuni ko'rib chiqadi. 


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: