UEFA "Leyptsig"ning YCHLdagi ishtiroki bo'yicha bayonot berdi

UEFA Germaniyaning "RB Leyptsig" hamda Avstriyaning "Red Bull Zalcburg" jamoalariga kelasi mavsumda YCHLda ishtirok etishiga ruxsat berdi.


Bu ikkala jamoa o'tgan mavsumdagi natijalariga ko'ra, Yevropa chempionlar ligasiga yo'llanma olishgandi. Ammo bu ikki klubning xo'jayini bitta insonligi sabab, UEFA ikki klubdan biriga YCHLda qatnashish uchun ruxsat berishi aytilayotgandi. Ammo UEFA bu borada rasmiy bayonot berdi va har ikkala klub kelasi mavsumda YCHLda qatnashishi mumkinligi e'lon qilindi.

Ilk mavsumidayoq Bundesligada shovqin ko'targan "Leyptsig"ning YCHLdan mosuvo qolishi adolatsizlik bo'lardi...

Avstriya gegemoniga aylanib borayotgan "Zalcburg" ham YCHLga haqli albatta...

Ditrix Mateshicning har ikkala klubi ham YCHLda ishtirok etadi. Bu tarixda ilk marotaba ruy bermoqda.

Eslatib o'tamiz, Ditrix Mateshic Avstriyaning "Red Bull Zalcburg" hamda Germaniyaning "RB Leyptsig" klublarining xo'jayini sanaladi.


Manba: uefa.com