UEFA Karvaxaldan shubhalanmoqda

Aslanov Jasurbek
22 noya 2017, 18:22
UEFA "Real" himoyachisi Daniel Karvaxalga qarshi tartib-intizom ishini ochdi.

Tashkilot futbolchini APOELga qarshi bahsda atayin sariq kartochka olishda ayblamoqda.

Karvaxal 90-daqiqada o'yinni cho'zgani uchun sariq kartochka bilan ogohlantirildi va bu uning Chempionlar ligasi joriy mavsumidagi uchinchi sariq kartochkasi bo'ldi. Ushbu kartochka tufayli u keyingi tur uchrashuvini o'tkazib yuboradi, biroy pley-off o'yinlarida qatnashishi mumkin.

Bu ish 7 dekabr kuni ko'rib chiqiladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com