UEFA Isroilni chetlatishga tayyor, ammo...

Aslanov Jasurbek
29 sen 2025
Tez orada Isroil terma jamoasi va klublari UEFA turnirlaridan chiqarib yuboriladi.

Bundan avval UEFA ijroiya komitasi a'zolarining "ko'pchilik" qismi Isroilni chetlatish g'oyasini qo'llab-quvvatlagani xabar qilingan edi. Qaror bu hafta qabul qilinadi.


The Guardian ma'lumotlariga ko'ra, chetlatish holatida Isroil jamoalari faqat UEFA nufuzli turnirlaridan chiqarib yuborladi – shu tariqa, bu mavsumda Isroilning erkaklar va ayollar terma jamoalari Millatlar ligasida chetlatiladi, "Makkabi" Tel-Aviv esa Yevropa ligasini tark etadi. Yevropa futbolining boshqaruv organi Isroil terma jamoasini JCH-2026 saralashidan chiqarishni talab qilmaydi, chunki bu saralash FIFA tomonidan o'tkaziladi.


Hozirgi vaqtda Isroil terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionati saralashi I guruhida 5ta o'yinda 9 ochko to'plab, uchinchi o'rinda turibdi. Kelayotgan xalqaro tanaffusda jamoa Italiya va Norvegiya terma jamoalari bilan o'ynashi kerak.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Guardian