UEFA Yevropa Superkubogi uchun qo'shimcha vaqt formatini bekor qildi

Оқил Абдубарноев
30 iyun 2023
UEFA Yevropa Superkubogi uchun o'yin formatini o'zgartirdi.

Nizomga o'zgartirishlar kiritildi. 12-moddaga ko'ra, agar asosiy vaqtda g'olib aniqlanmasa, penaltilar seriyasi belgilandi. 15 daqiqalik ikkita qo'shimcha taymdan iborat format bekor qilindi.

Eslatib o'tamiz, “Manchester Siti” va “Sevilya” 2023 yilgi Yevropa Superkubogi uchun to'qnash keladi. O'yin 16 avgust kuni Afinada bo'lib o'tadi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Mundo Deportivo