UEFA YCHL va Yevropa ligasi finalini noma'lum muddatga qoldirdi

24 mar 2020, 00:24
UEFA may oyida o'tishi lozim bo'lgan Yevropa chempionlari ligasi va Yevropa Ligasi finalini koronavirus pandemiyasi tufayli noma'lum muddatga qoldirishga qaror qildi.

Shuningdek, ayolllar o'rtasida YCHL finali ham qoldiriladi.

Final uchrashuvlarining yangi muddatlari haqida hali xabar qilingani yo'q. UEFA ishchi guruhifinal o'tkazishni maqbul muddati borasida ish olib bormoqda.

Ilgariroq COVID-19 pandemiyasi tufayli Yevropadagi ko'pchilik milliy birinichiliklar to'xtatilgan,  Evro-2020 musobaqasi 2021 yilga qoldirilgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: УЕФА расмий сайти