UEFA Chempionlar ligasida haftaning eng chiroyli goliga nomzodlarni e'lon qildi

Tolibjon Qosimov
23 noya 2017, 14:53
Seshanba va chorshanba oqshomida Yevropada Chempionlar ligasi 5-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

UEFA Chempionlar ligasida haftaning eng chiroyli goli bo'lish uchun 5ta nomzodni e'lon qildi. Unga ko'ra, Lorenco Insine ("Napoli"), Luka Modrich ("Real"), Antuan Grizmann ("Atletiko"), Son Xyon Min ("Tottenxem") va Dani Alves (PSJ)larning gollari eng chiroyli bo'lishga da'vogar. G'olib tashkilot rasmiy saytida o'tkazilayotgan ovoz berish jarayonida aniqlanadi.

O'tgan safar "Roma" futbolchisi Stefan El-Shaaravining "Chelsi" darvozasiga kiritgan to'pi hafta goli deb topilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: uefa.com