

Pley-offni hisobga olmasak umumiy mablag' deyarli 988 mln. evroni tashkil qildi.
32 jamoadan har biri guruh bosqichiga chiqqani uchun 8,6 mln. evrodan bonus olishdi. Har bir g'alaba uchun klubga 1 mln. evro, durang uchun esa 500 ming evro berilgan. Pley-off bosqichi ishtirokchilari har bir o'tish bosqichi uchun alohida bonus olishgan. Klublarga mablag' milliy assotsiatsiyalarning televizion bozoridagi ulushini hisobga olib va boshqa faktorlar bo'yicha bo'lib berildi.
Guruh o'yinlaridan so'ng, pley-off bosqichida 1/8 finalga chiqqan har bir ishtirokchi 3,5 mln. evrodan ishlab oldi. 1/4 finalga chiqish uchun klublarga 3,9 mln. evrodan, yarim finalchilarga esa 4,9 mln. evrodan pul ajratildi. "Barselona" Berlinda o'tgan finaldagi g'alabasi uchun 10,5 mln. evro oldi, "Yuventus" hisobiga esa 6,5 mln. evro o'tkazib berildi.

Guruh bosqichidan oldingi pley-offning 20 ishtirokchisiga 42 mln. evro bo'lib berildi. Shunday qilib, umumiy to'lov mablag'i 1,03 mlrd. evroni tashkil qildi. Bundan tashqari, UEFA bilan hamkorlik uchun Yevropa klublari Assotsiatsiyasiga 3,5 mln. ajratildi. Demak, umumiy to'lovlar 1,033 mlrd. evroga etdi. Uch saralash bosqichidan o'ta olmagan klublarga belgilangan miqdorda pul berildi. Chempionlar ligasining pley-off bosqichiga yetib bormagan o'z mamlakatlarining chempionlariga qo'shimcha bonus mablag' taqdim etildi.
Bundan tashqari, CHL-2014/15da ishtirok etmagan elit Yevropa divizionlari klublariga daromadni bo'lish doirasida 85 mln. evro ajratildi. Bu pullar klublarga yoshlarga e'tibor berish niyatida berildi. Ushbu mablag'ni bo'lish bilan professional ligalar va mamlakat futbol federatsiyalari shug'ullanadi.
Bu to'lovlarni ikki guruh - Chempionlar ligasi guruh bosqichida ishtirok etgan (18 federatsiya 71,1 mln. evro oladi) va qolganlar (36 federatsiya 11 mln. evro oladi) bo'lib beradi.
Nihoyat, 2,9 mln. evro turnirning pley-off bosqichida ishtirok etgan klublarning 19 federatsiyasiga bo'lib beriladi.

Kataloniya klubi jami 61 million evro mukofot puliga ega bo'ldi. Yuventus 89 million, PSJ esa 56 million, Real va Monako 52 millionga ega bo'ldi.




