UEFA. Bugun 2021/22 yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi ma'lum bo'ladi. Sakkiga esa maxsus mukofot topshiriladi

Eldor Akmurzayev
25 avg 2022, 08:30
Bugun, 25 avgust kuni Istanbulda Yevropaning o'tgan mavsumdagi eng yaxshilarini aniqlash marosimi bo'lib o'tadi.

Shuningdek, YCHL 2022/23 yilgi mavsum guruh bosqichiga qur'a tashlanadi va o'tgan mavsum ramziy jamoasi ham e'lon qilinadi.

Tadbir Toshkent vaqti bilan 21:00 da start oladi.

Yilning eng yaxshi futbolchisi nomiga da'vogarlar:

Karim Benzema (“Real”, Fransiya TJ);

Tibo Kurtua (“Real”, Belgiya TJ);

Kevin de Bryuyne (“Manchester Siti”, Belgiya TJ).


Yilning eng yaxshi murabbiyi nomiga da'vogarlar:

Karlo Anchelotti ("Real Madrid");

Xosep Gvardiola ("Manchester Siti");

Yurgen Klopp ("Liverpul").

Italiyalik tajribali mutaxassis Arrigo Sakkiga esa UEFA prezidenti Aleksandr Cheferin tomonidan futboldagi xizmatlari uchun maxsus sovrin topshiriladi. 76 yoshli Sakki Italiya TJ, “Parma”, “Milan”, “Atletiko” kabi klublarni boshqargan. Shuningdek, u “Real”da texnik direktor lavozimida ham faoliyati olib borgan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia