"Udineze" Badu bilan shartnomani uzaytiradi

Tolibjon Qosimov
12 sen 2013, 17:45
22 yoshli Gana terma jamoasi a'zosi Emmanuel Agemang Badu "Udeneze" bilan shartnomasini uzaytirdi.

Futbolchining amaldagi shartnomasi muddati 2016 yilning yozigacha mo'ljallangan edi. "Udeneze" unga yanada uzoqroq muddatga mo'ljallangan yangi shartnoma taklif qildi.

Italiya matbuotida tarqalgan xabarlarga ko'ra bugunning o'zida Emmanuel 2018 yilning iyunigacha mo'ljallangan bitimga imzo chekadi.

Badu "Udeneze"da 2010 yildan buyon harakat qiladi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.ua