"Udineze" "Arsenal" himoyachisining ijarasi bo'yicha kelishuvga erishdi

Alisher
17 yanv 2022, 18:01
"Udineze" Londonning "Arsenal" klubi bilan himoyachi Pablo Marining joriy mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan ijarasi borasida kelishuvga erishdi.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, bitim o'zida xarid qilish huquqini ko'zda tutmaydi.

Qayd etish kerakki, Mari tibbiy ko'rikdan o'tish va yangi klubi bilan shartnoma imzolash uchun Italiyaga uchishga tayyor.

Himoyachi joriy mavsum "kanonirlar" tarkibida APL doirasidagi 2ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano