"Uch sherlar" bosh murabbiy bilan yangi shartnoma tuzmoqchi

Aslanov Jasurbek
10 fev 2024, 13:24
Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) Garet Sautgeyt bilan shartnomani uzaytirmoqchi.

FA Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi bilan JCH-2026dan so'ng yakunlanadigan bitim tuzmoqchi.

53 yoshli mutaxassisning amaldagi shartnomasi joriy yilning dekabrida yakuniga etadi.

Payshanba kuni bo'lib o'tgan Millatlar ligasi qurasidan so'ng Sautgeyt "uch sherlar"ni Evro-2024dan keyin ham boshqarishga tayyorligini aytdi.

Sautgeyt 2016 yildan beri Angliya terma jamoasi ustozi hisoblanadi. Jamoa u bilan Evro-2020 bronza medallari egasi va Millatlar ligasi 2018/19 mavsumida uchinchi o'rin sohibi bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail