

Kecha, 18 avgust kuni Qozog'iston va Qirg'iziston termalari o'zaro bahs olib borib, 2:2 hisobida durang o'ynadi. Bugun, 19 avgust kuni esa O'zbekiston ayollar termasi Qozog'iston bilan kuch sinashib, 6:0 hisobida g'alaba qozondi.
Mazkur g'alabadan keyin O'zbekiston ayollar termasi muddatidan avval musobaqa g'olibiga aylandi. Dastlabki turda Qozog'istonga qarshi maydonga tushgan O'zbekiston ayollar termasi 7:0 hisobida zafar quchgandi. Ikkinchi turda esa mezbon Qirg'iziston 3:1 hisobida taslim qilingan edi.
Ertaga, 20 avgust kuni so'nggi o'yin bo'lib o'tadi. Unda O'zbekiston va Qirg'iziston ayollar terma jamoalari o'zaro kuch sinashadi..
# | Jamoa | O' | G' | D | M | O | TN |
1 | O'zbekiston | 3 | 3 | 0 | 0 | 9 | +15 |
2 | Qirg'iziston | 3 | 1 | 1 | 1 | 4 | +1 |
3 | Qozog'iston | 4 | 0 | 1 | 3 | 1 | -16 |



