

Ushbu uchrashuvdan keyin saytimiz xodimi Shahboz Beg'amov Shota Arveladzega OCHL guruh bosqichiga chiqdinglar, eng yana bir yangi legioner olinadimi degan mazmundagi savol berdi. Bunga gruziyalik murabbiy quyidagicha javob berdi:
"Yo'q legioner olmaymiz. Biroq uch kundan so'ng "Paxtakor" yangi futbolchi transferini e'lon qiladi".
Demak, 22 fevral kuni "Paxtakor" yana bir yangi futbolchining trasferini e'lon qiladi. Eslatib o'tamiz, "Paxtakor" OCHL 1-turini 5 mart kuni Tehronda o'tgan yilgi OCHL finalchisi "Persepolis" klubiga qarshi o'tkazadi.




