U APLga qaytadimi? Mourinyu "Arsenal" direktori bilan uchrashdi

Aslanov Jasurbek
3 noya 2019, 14:03
"Chelsi" va "Manchester Yunayted" sobiq bosh murabbiyi Joze Mourinyu "Arsenal" direktori Raul Sanllexi bilan uchrashdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "to'pchilar" rahbariyati jamoaning hozirgi bosh murabbiyi Unai Emeri ishidan mamnun emas va yaqin vaqt ichida u bilan xayrlashishmoqchi. "Arsenal"dagilar klubda APL tajribasiga ega mutaxassis ishlashini xohlashmoqda. Ma'lum bo'lishicha, suhbat paytida Mourinyu "Arsenal"ning hozirgi holati va tarkibi haqida fikr bildirgan, bu esa Sanllexida yaxshi taassurot qoldirgan.

Oldinroq, Mourinyu "Arsenal"da ishlashga qiziqayotgani e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Sunday Times