U-20 Osiyo kubogiga qur'a tashlandi. O'zbekiston Eron bilan o'ynaydi

Iskandarov Abdulaziz
7 noya 2024, 12:18
2025 yil Xitoyning Shenchjen shahri mezbonlik qiladigan U-20 Osiyo kubogiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Qur'a tashlash marosimini o'zbekistonlik Avaz Berdiqulov o'tkazdi. Qur'a yakunlariga ko'ra, guruh bosqichida quyidagi jamoalar o'zaro kuch sinashadi. Yakunda kuchli to'rtlikka kirgan terma jamoalar Chilidagi Jahon chempionatiga yo'llanma oladi. 

"A" guruhi

1. Xitoy

2. Avstraliya

3. Qirg'iz Respublikasi

4. Qatar

"B" guruhi

1. Iroq

2. Iordaniya

3. Saudiya Arabistoni

4. KHDR

"S" guruhi

1. O'zbekiston

2. Eron

3. Indoneziya

4. Yaman

"D" guruhi

1. Yaponiya

2. Koreya Respublikasi

3. Suriya

4. Tailand


Ma'lumot uchun, O'zbekiston U-20 terma jamoasining guruhdagi taqvimi quyidagicha ko'rinish oldi. 

1-tur

O'zbekiston - Yaman

Eron - Indoneziya


2-tur 

Yaman - Eron

Indoneziya - O'zbekiston


3-tur

O'zbekiston - Eron

Indoneziya - Yaman

Guruh bosqichidan muvaffaqiyatli o'tgan taqdirimizda mundial yo'llanmasi uchun "D" guruhidagi terma jamoalarning biri bilan kurash olib boradi. Turnir setkasi bilan tanishib chiqishingiz mumkin. 

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia