U-20 Osiyo Kubogi. Iordaniya Ummon bilan nursiz durang qayd etdi va pley-offga yo'l oldi

Sherzod Nurmatov
8 mar 2023
Osiyo Kubogi "S" guruhi 3-turidan o'rin olgan Iordaniya – Ummon o'yini nihoyasiga etdi.

Bahsda hisob ochilmadi. Shu tariqa, Iordaniya guruhda 4 ochko to'plab, ikkinchi pog'onani egalladi va chorak finalda "D" guruhi yetakchisi bilan to'qnash keladigan bo'ldi. 1 ochko jamg'argan Ummon esa 1 ochko bilan guruhda qolib ketdi.  

Alohida aytish joiz, mazkur uchrashuvda o'zbekistonlik hakam Ahrol Risqullaev to'rtinchi hakam vazifasini bajardi. 

U-20 Osiyo Kubogi

"C" guruhi. 3-tur

Iordaniya – Ummon 0:0  

Toshkent. "Lokomotiv" stadioni. 17:00

Hakamlar: Yaxyo Almulla (BAA), Ahmad Said Alrashidi (BAA), Faysal Aid Alshammari (Qatar), Ahrol Risqullaev (O'zbekiston)  

Nazoratchi: Subhiddin Mohd (Malayziya) 

Komissar: Si Tu Vin (Myanma) 

Iordaniya U-20: 1.Murod Arafat, 2.Arafat Muhammad, 3.Asim Aloh Abu Altin, 6.Muhammad Kahlan Abdi, 10.Mohannad Abu Taha (s), 11.Sief Addin Darvish, 13.Umar Saloh, 16.Alaa Murod, 18.Sulton Abdallah (Zaid Ahmad, 46), 20.Ali Ahmad Azaizeh (7.Adham G'anim, 78), 21.Ali Ahmad Hajabi

Zaxira: 12.Abdil Rahmon, 22.Rajai Toriq, 5.Hoshim Zaid Almbaidin, 8.Muhammad Raed, 14.Volid Zakariya, 15.Suhib Emad, 17.Moath Jihod, 19.Zaid Ahmad, 23.Ahmad Ayman

Ummon U-20: 1.Mazin Solih, 2.Ayman Karim, 3.Said G'osib (23.Musab Said Al Shamsi, 81), 5.Salim Sulaymon (s), 6.Ali Hassan Al Bulushi (10.Abdul Majid Al Balushi, 82), 9.Holid Ibrohim,  11.Mamun Said Al Araimi (19.Saloh Volid, 82), 15.Sulton Badar Al Marzuq (8.Muhammad Hamid Al Aufi, 90), 16.Abdulloh Muhammad Al Afifi, 20.Nosir Ali Al Saqri (18.Muhammad Bait Subia, 90), 21.Ahad Al Habshi

Zaxira: 12.Al Muhtadi, 22.Usama Faraj, 7.Almutasim Amar, 13.Usama Muhammad Al Mahruqi, 14.Jabran Halil, 17.Abdallah Juma Al Raji 

Ogohlantirishlar: Abdulloh Muhammad Al Afifi (11), Nosir Ali Al Saqri (23), Alaa Murod (32), Asim Aloh Abu Altin (37), Zaid Ahmad (79)


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia