U-20 JCH. "Roma" braziliyalik hujumchini xarid qilmoqchi

Оқил Абдубарноев
17 may 2023
Italiyaning "Roma" klubi 20 yoshli braziliyalik futbolchi Markos Leonardoni sotib olmoqchi.

Gazzetta Dello Sport xabariga ko'ra, rimliklar turnirdan keyin "Santos" hujumchisini 20 million evro evaziga xarid qilmoqchi. 

Shartnomasi 2026 yilda yakuniga etadigan forvardning tovon puli 100 million evroni tashkil etadi. Transfermarkt portali Leonardoni 15 million evroga baholagan.

U-20 jahon chempionatining eng qimmat 5 nafar futbolchisi


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Gazzetta Dello Sport