U-19 Osiyo chempionatiga qur'a tashlandi

Xayrulla Xoliqov
18 may 2018
Bugun U-19 Osiyo chempionati musobaqasiga qur'a tashlash marosimi o'tkazildi.

Afsuski, bu musobaqada O'zbekiston yoshlar terma jamoasi ishtirok etmaydi. Bunga sabab o'tgan yil Tojikistonda bo'lib o'tgan saralash o'yinlarida Aleksandr Mochinov boshqargan jamoa vazifani bajara olmagan.

Ma'lumot uchun, navbatdagi musobaqa Indoneziyada tashkil etiladi va hisob bo'yicha 40-chempionat bo'ladi. U-19 Osiyo chempionatida 16ta jamoa ishtirok etadi. Jamoalar to'rttadan to'rt guruhga bo'lingan.

Quyida qur'a natijalarini keltirib o'tamiz:

"A" guruhi
Indoneziya
BAA
Qatar
Xitoy Taypeyi

"B" guruhi
Yaponiya
Iroq
Tailand
KXDR

"C" guruhi
Vetnam
Janubiy Koreya
Avstraliya
Iordaniya

"D" guruhi
Saudiya Arabistoni
Tojikiston
Xitoy
Malayziya

Musobaqaga 18 oktyabr kuni start beriladi. Yakunda kuchli to'rtlik jamoalari 2019 yil Polshada bo'lib o'tadigan FIFA U-20 jahon chempionatiga yo'llanma olishadi.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com