Bugun guruh bosqichining so'nggi o'yinlari bo'lib o'tadi. O'zbekiston yoshlar terma jamoasi 3-turda Avstraliya bilan o'ynaydi.
Ushbu chempionatda FIFA hakami, hamyurtimiz Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlarimiz ishlashmoqda.
Ermatov "D" guruhining ilk turidan o'rin olgan Iroq - Ummon uchrashuvini boshqarib bordi. Iroqning 6:0 hisobidagi g'alabasi bilan tugagan o'yinda hakamimiz bironta ham kartochka ko'rsatgani yo'q. Bu bahsda unga o'zbekistonlik Abdulhamidillo Rasulov va Shri Lanka vakili Denye Gedara Xematunga assistentlik qilishdi.
Kecha "C" guruhidan o'rin olgan Janubiy Koreya - Yaponiya uchrashuvida ham Ermatov ishladi. Bahs yaponlarning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan tugadi. O'yinda qanotlarda Abdulhamidillo Rasulov va singapurlik Jeffri Gox ishlashdi.