U-19 Yevropa chempionati. Fransiya va Italiya finalda

Narzulla Saydullayev
22 iyul 2016, 08:32
Yoshlar o'rtasidagi U-19 Yevropa chempionatida yarim final o'yinlari bo'lib o'tdi.

Fransiya yoshlari Portugaliya ustidan irodali g'alabaga erishdi - 3:1. Italiya esa futbol vatani hisoblangan Angliya yoshlarini 2:1 hisobida taslim qilib finalga chiqdi.

Angliya U-19 - Italiya U-19 1:2
Gollar
: Pichchi, 85 (avtogol) - Dimarko, 27, 60

Portugaliya U-19 - Fransiya U-19 1:3
Gollar
: Pasheku, 3 - Bla, 10, Mbaye-Lotten, 67, 75

Bundan tashqari keyingi yil Janubiy Koreyada bo'lib o'tadigan yoshlar o'rtasidagi U-20 Jahon chempionatiga boradigan beshinchi yo'llanma sohibini aniqlash uchun pley-off o'yini bo'lib o'tdi. Unda Germaniya yoshlari penaltilar seriyasida Gollandiyani mag'lub etdi. Shunday qilib, Germaniya va yuqoridagi to'rt yarim finalchi jamoalar keyingi yil mundialga borishadi.

Germaniya - Gollandiya 3:3 (penaltilar seriyasi 5:4)
Gollar
: Oxs, 44, Serder, 90, Mexlem, 96 - Nuri, 81, van der Xayden, 88, Lammers, 111

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia