

Bahsda 2:1 hisobida mezbonlar g'alaba qozondi. Mehmonlardan esa Lazizbek Mirzaev to'p kiritdi. Jamoliddin Rahmatullaev shogirdlari ilk o'yinda 2:5 natijasi bilan mag'lub bo'lgandi.
U-17 xalqaro o'rtoqlik o'yini
Urugvay – O'zbekiston 2:1
O'zbekiston (asosiy tarkib): Asilbek Numonov, MuhammadBobur Karimov, Ozodbek Uktamov, Lazizbek Mirzaev (gol), Amirbek Saidov, Behruz Jumatov, Shodiyor Shodiboev, Ollabergan Karimov, Sherzod Abdulboriev, Oybek O'rmonjonov, Dilshod Abdullaev.
Zaxiradagilar: Ozod Sotvoldiev, Azizbek Tulkunbekov, Behruz Shukurullaev, Abdulhamid Turg'unboev, Quvonch Abraev, Aminbek Yokubov, Muhammadali Reimov, Muhammadyusuf Sobirov, Mamadalixon Olimov.
O'zbekiston endi 8-10 mart kunlari Argentina bilan bahslashadi.



