U-17. O'zbekiston Argentinaga yirik hisobda yutqazdi

Aziz Tukhtamuradov
9 mar 2023
Osiyo Kubogiga tayyorgarlikni Lotin Amerikasida olib borayotgan O'zbekiston U-17 terma jamoasi Argentinaga qarshi o'rtoqlik o'yinini o'tkazdi.

Buenos-Ayresda bo'lib o'tgan o'yinda Jamoliddin Rahmatullaev shogirdlari ushbu o'yinda 0:8 hisobida imkoniyatni boy berishdi. 

U-17 xalqaro o'rtoqlik o'yini

Argentina – O'zbekiston 8:0

Gollar: A.Roberto 45, O.Ontivero 53, G.Fasundo 61, F.Mastantuono 63, S.Echeverri 75, D.Gorosito 79, I.Subiabre 83, A.Sarko 90. 

Endi jamoalar ikkinchi o'rtoqlik o'yinini 10 mart kuni o'tkazishadi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia