U-17 Osiyo kubogi. Qo'shnilarimiz so'nggi daqiqalarda g'alabani qo'ldan chiqarib, penaltilar seriyasida mag'lub bo'ldi

Khoja
15 apr 2025, 06:30
Saudiya Arabistonida U-17 Osiyo kubogining chorak final uchrashuvlari yakunlandi.

Chorak finalning so'nggi bahsida Tojikiston U-17 termasi Koreya Respublikasiga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvda dastlab koreyaliklar hisobni ochishdi. Shundan so'ng Ibrohimzoda va Nazriev gollar urib, Tojikistonni oldinga olib chiqdi. Biroq bahsning 90+9 daqiqasida Koreya Respublikasi vakili Jeong penaltidan unumli foydalandi va hisobni 2:2 ko'rinishga keltirdi. Penaltilar seriyasida esa omad koreyaliklar tomonida bo'ldi va yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.



Yarim final juftliklari:

O'zbekiston - KXDR

Koreya Respublikasi - Saudiya Arabistoni.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.asia