U-17 Osiyo Kubogi final uchrashuvining hakamlari ma'lum

Iskandarov Abdulaziz
19 apr 2025
Ertaga O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi U-17 Osiyo Kubogi finalida Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga chiqadi.

Ushbu bahsni qatarlik Muhammad Ahmad Al-Shammari boshqarib boradi. Unga qanotlarda Yusuf Aref Al-Shamari (Qatar) va Nuannid Dornjangrid (Tailand) yordam beradi. 4-rasmiy hakam sifatida Kim YU-Jeong (Koreya R.), VARda esa Daniel Jon Elder (Avstraliya) faoliyat yuritadi.

Eslatib o'tamiz, uchrashuv 20 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:00da Toif shahridagi "Qirol Fahd" stadionida start oladi.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати