U-17 Jahon chempionatiga qur'a tashlandi FOTO

Narzulla Saydullayev
8 iyul 2017, 09:40
6-28 oktyabr kunlari Hindistonda o'smirlar o'rtasidagi Jahon chempionati bo'lib o'tadi.

Kecha ushbu mundialga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Unga ko'ra dunyoning 24ta jamoasi 6ta guruhga bo'lindi. Musobaqa mezboni Hindiston terma jamoasi AQSH, Kolumbiya va Gana bilan kuch sinashadigan bo'ldi.

Osiyoning yana bir jamoasi Eronga Gvineya, Germaniya va Kosta Rika jamoalari raqiblik qilishadi. KXDR esa Niger, Braziliya va Ispaniya bilan bir guruhdan joy oldi.

Yaponiyaga qarshi Gonduras, Yangi Kaledoniya va Fransiya o'smirlari kurashadi.

O'zbekistonni JCHdan mahrum qilgan Iroq o'smirlari Meksika, Chili va Angliya bilan bellashadigan bo'ldi.

O'smirlar o'rtasidagi mundial o'yinlari Hindistonning oltita shahrida bo'lib o'tadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia