U-16 Osiyo chempionatiga saralash. "I", "J", "K" guruhlaridagi vaziyat

Xayrulla Xoliqov
19 sen 2019, 23:40
Ma'lumki, shu kunlarda Osiyo qitasi bo'ylab U-16 Osiyo chempionati saralash o'yinlari bo'lib o'tyapti.

Kelasi yil U-16 Osiyo chempionati Bahraynda o'tkazilishi OFK tomonidan rasman e'lon qilindi. Saralash bosqichida 47ta jamoa 11 guruhga bo'lingan holda o'zaro kurash olib bormoqda. 

Har bir guruhdan guruh g'oliblari (11) va eng yaxshi 4ta ikkinchi o'rin egasi musobaqaning final bosqichiga yo'llanma oladi. Quyida "I", "J", "K" guruhlaridagi vaziyatga to'xtalib o'tamiz. 


"I" guruhi - Singapur (mezbon), KXDR, Gonkong, Guam. 

2-tur. 19 sentyabr

Guam - Gonkong 1:4

Singapur - KXDR 1:6 



"J" guruhi - Laos (mezbon), Yaponiya, Malayziya, Kambodja. 

1-tur. 18 sentyabr

Yaponiya - Laos 4:0 

Malayziya - Kambodja 7:0 

 

 

"K" guruhi - Myanma (mezbon), Janubiy Koreya, Tailand, Xitoy Taypeyi. 

1-tur. 18 sentyabr

Janubiy Koreya - Xitoy Taypeyi 10:0

Tailand - Myanma 4:0


Eng yaxshi ikkinchi o'rin egalari ko'rsatkichi hozircha quyidagicha ko'rinishga ega:

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia