Tyuram: “Uning bu harakatidan keyin o'zimga: “Bu meni o'g'limmi?, deb savol berdim”

Eldor Akmurzayev
23 dek 2020, 19:30
Bundesliga doirasida o'tgan “Borussiya M” – “Xoffenxaym” o'rtasidagi (1:2) uchrashuvda Markus Tyuram raqibi bilan tortishib, uning yuziga tupurgandi.

Oqibatda bosh hakam uni maydondan chetlatgan. Markusning otasi Lilian Tyuram ushbu voqeaga o'z munosabatini bildirdi.

“O'sha vaqt o'zimga savol berdim: “Markus meni o'g'limmi?”. Uchrashuvni ko'rdim va shok holatiga tushdim. Keyinroq esa o'g'lim bilan gaplashdik, u menga barchasini tushuntirdi. U juda g'azabda bo'lgan, shu tufayli buni beixtiyor amalga oshirgan, Markus bunday qilmoqchi emasdi. U buni atayin qilishni istamaganini muxlislar bilishini xohlaydi. U futbol maydonida bunday holatlar bo'lmasligi kerakligini tushunib turibdi”, deydi sobiq futbolchi.

Eslatib o'tamiz, Markus Tyuram 5 o'yinda diskvalifikaciya qilindi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: RCI Guadeloupe