Tyuram Dortmundga ko'chib o'tishi mumkin

23 dek 2019, 08:33
Markus klubini almashtirishi mumkin.

Myunxengladbaxning “Borussiya”sida to'p surayotgan Markus Tyuram faoliyatini Dortmundda davom ettirishi mumkin.

Dortmund vakillari allaqachon ushbu transfer yuzasidan myunxengladbaxliklar bilan muzokaraga kirishgan.

Tyuram gladbaxliklar safida 2019 yil yozidan beri harakat qilib kelmoqda. U joriy mavsum hisobida 25 ta o'yinda qatnashib, 10 ta gol urdi va 6 ta assistni amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Footmercato