Tyago yana bir necha hafta maydonga tusha olmaydi

Alisher
1 dek 2020
"Liverpul" yarim himoyachisi Tyago Alkantara yana bir necha haftani o'tkazib yuboradi.

Bu haqda "qizillar" ustozi Yurgen Klopp aytib o'tdi.

"Biz "Everton"ga qarshi o'yinda olinga jarohat Tyagoning tizzasiga qattiq ta’sir ko'rsatganini tushunamiz. Oyoqqa zarba shunchalik kuchli bo'ldiki, u hali ham tiklanmadi. Uning qachon safga qaytishini ayta olmayman, ammo u yana bir necha hafta vaqtni oladi", - deydi Klopp.

Tyago joriy mavsum mersisaydiklar safida faqatgina 2ta o'yinda maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: liverpoolfc.com