Tuxel Tyago Silvaning tiklanishi haqida gapirdi

Alisher
8 fev 2021
"Chelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel "Tottenxem" (1:0)ga qarshi o'yinda jarohat olgan himoyachi Tyago Silvaning tiklanishi haqida gapirdi.

"Shifokorlar Silvani maydonga qaytarish uchun barcha imkoniyatni ishga solishmoqda. Uning Angliya Kubogida o'ynamasligini aniq aytishim mumkin.

U hali davolanishi kerak. Tyagoning "Sautgempton"ga qarshi o'yinga qadar tayyor bo'lishiga umid qilamiz", - deydi Tuxel.

36 yoshli himoyachi joriy mavsum APL doirasidagi 17ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: chelseafc.com